Avgust oyida ko‘chmas mulk va transport vositalari eskrou hisobvaraqlari orqali oldi-sotdisi bo‘yicha 33 392 ta bitim rasmiylashtirildi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

Ulardan 15 585 tasi (53,3%) ko‘chmas mulkka, 17 807 tasi (46,7%) esa transport vositalariga to‘g‘ri keldi. Yana 4346 ta bitim ko‘rib chiqilmoqda.

Oy davomida eng ko‘p bitim Toshkent shahrida — 10 487 ta qayd etildi. Farg‘ona (3425), Samarqand (2491) va Andijon (2395) viloyatlari ham yuqori faollik ko‘rsatdi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahrida qayd etilgan bitimlar jami bitimlarning 31,4% ini tashkil etdi.

eskrou

Eskrou hisobvaraqlari orqali hisob-kitob qilishning yangi tartibi 2026-yil 1-apreldan amal qiladi. Ulushli qurilishdagi eskroudan farqli o‘laroq, u qurilayotgan uy-joyni moliyalashtirish uchun emas, balki xaridor va sotuvchi o‘rtasidagi oldi-sotdi bitimini xavfsiz yakunlash uchun qo‘llaniladi. Ushbu mexanizm ishga tushirilishining birinchi haftasidayoq u orqali 6 156 ta bitim rasmiylashtirilgan.

2026-yilning birinchi choragida O‘zbekistonda 110,1 mingta ko‘chmas mulk oldi-sotdi bitimi ro‘yxatga olingan. Markaziy bank mart oyidagi keskin o‘sishni, jumladan, bozor ishtirokchilarining eskrou tizimi kuchga kirgunga qadar shartnomalarni rasmiylashtirishga intilgani bilan izohlagan edi.


Avvalroq Spot O‘zbekistonda ko‘chmas mulkni ommaviy baholashdan so‘ng soliq stavkalarini pasaytirish rejalashtirilayotgani haqida yozgandi.