O‘quv yilining boshlanishi bolalar va ota-onalar uchun oson kechmaydi. Kun tartibini qayta yo‘lga qo‘yish, yoz davomida unutilgan mavzularni eslash kerak. Maktab rejimiga tezroq va osonroq moslashishda texnologiyalar yordam berishi mumkin. Xususan, Yandex Search’dagi neyrotarmoq asosidagi javoblar maktab dasturidagi mavzularni tezda tushunishga yordam beradi. Aqlli Alisa kolonkalar kun tartibini tashkil etish va turli savollarga javob topishda qo‘l keladi, Yandex Maps esa haydovchilarga maktablar yaqinida tezlikni pasaytirish kerakligini eslatadi.
Yandex Search: mavzuni tushunishga yordam beradi
O‘tilgan mavzularni Yandex Search va Yandex AI neyrotarmoq xizmatlari yordamida takrorlash mumkin. U kerakli ma’lumotni internetdan topib, manbalarga havolalar bilan bir jamlanma va qisqa javobga birlashtiradi. O‘quvchiga saytlarni birma-bir qidirib chiqish shart emas. U batafsil javob oladi va zarur bo‘lsa, ma’lumot olingan manbalarga o‘tishi mumkin. Yandex AI javoblari ko‘pincha qidiruv natijalarida, qidiruv satri ostida paydo bo‘ladi. Faqat shu kabi javoblarni ko‘rish uchun Yandex AI bo‘limiga o‘tish mumkin. O‘quvchi unga qo‘shimcha savollar berishi, biror jihatni aniqlashi yoki mavzuni soddaroq tushuntirishni so‘rashi mumkin. Savollarni o‘zbek va rus tillarida bersa bo‘ladi.
Yandex AI yordamida turli fanlarga oid mavzularni o‘rganish mumkin: matematika va fizika, biologiya, adabiyot hamda ingliz tili. Sun’iy intellekt, masalan, uchburchak yuzini qanday hisoblash yoki maxrajlari turlicha bo‘lgan kasrlarni qanday qo‘shishni bosqichma-bosqich tushuntirib beradi. Fotosintez nima ekanini yoki Present Simple va Present Continuous zamonlari o‘rtasidagi farqni tushuntiradi. O‘quvchilar va talabalar mamlakat tarixiga oid savollarga ham javob olishlari mumkin. Masalan, Amir Temur kim bo‘lgani, Samarqandga qachon asos solingani yoki Buyuk ipak yo‘li qanday ahamiyatga ega bo‘lgani haqida ma’lumot so‘rash mumkin.
Neyrotarmoq asosidagi qidiruv ota-onalar uchun ham foydali. Undan biror ma’lumotni tekshirish yoki bolaga muayyan mavzuni qanday tushuntirish yaxshiroq ekanini bilish uchun foydalanish mumkin. Foydalanuvchi nafaqat javob oladi, balki masalani yechish mantig‘ini ham ko‘rishi va bolaning yechimidagi xatoni aniqlaydi.
Alisa: savollarga javob beradi va muhim ishlarni eslatadi
Savollarni nafaqat Yandex Search’ga, balki aqlli kolonkalardagi Alisa SI yordamchisiga ham berish mumkin. U bolalarning qiziquvchanligini his qilib, turli hodisalarning sabablarini tushuntiradi. Masalan, undan “Nega chaqmoqni momaqaldiroq ovozidan oldin ko‘ramiz?”, “Qushlar ko‘chish vaqtida yo‘lni qanday topadi?” yoki “Nega tog‘larda, Quyoshga yaqinroq bo‘lsa ham, havo sovuqroq?” kabi savollarga javob so‘rash mumkin. Alisa o‘zbek va rus tillaridagi savollarni tushunadi. Tilni sozlamalarda tanlash mumkin.

Sun’iy intellekt yordamchisi kun tartibini yo‘lga qo‘yishga ham ko‘maklashadi. Alisa o‘rnatilgan aqlli kolonkada budilnik, eslatma va taymerlarni sozlaydi. Masalan, Alisa bolaga dars qilish yoki mashg‘ulotga borish vaqti kelganini eslatib turishi uchun xabarnomalarni o‘rnatish imkoni bor.
Yandex Maps: maktab yaqinligini eslatadi
O‘quv yili boshlanishi oldidan Yandex Maps’da haydovchilar uchun yangi funksiya paydo bo‘ldi.

Endi ular xaritada “Ehtiyot bo‘ling, bolalar” belgisini ko‘radi va maktabga yaqinlashganda tezlikni pasaytirishi kerak.
Reklama huquqlari asosida.