2026-yil may oyida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bo‘yicha 321 ta holat aniqlandi. Bu haqda O‘zenergoinspeksiya xabar berdi.

Ushbu noqonuniy foydalanishlarning dastlabki hisob-kitob natijasiga ko‘ra, davlat manfaatlariga jami 71,9 mlrd so‘m zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Unga ko‘ra, 10 mln metr kub tabiiy gaz (31,2 mlrd so‘m) va 19 mln kilovatt-soat elektr energiyasi (40,7 mlrd so‘m) talon-toroj qilingan.

Shuningdek, iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlik bo‘yicha 340 ta ma‘muriy ishrasmiylashtirildi.

Joriy yilning birinchi choragida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bo‘yicha 885 ta holat aniqlangandi.

Ushbu noqonuniy foydalanishlarning dastlabki hisob-kitob natijasiga ko‘ra, davlat manfaatlariga jami 196 mlrd so‘m zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Unga ko‘ra, 34,6 mln metr kub tabiiy gaz (101,6 mlrd so‘m) va 49,7 mln kilovatt-soat elektr energiyasi (94,4 mlrd so‘m) talon-toroj qilingan.


Avvalroq Spot Toshkentda gaz hisoblagichlari bilan bog‘liq 20 mlrd so‘mga yaqin talon-toroj holati aniqlangani haqida yozgandi.

Hududgazta’minot va Texnopark mansabdor shaxslari 19 mlrd so‘mdan ortiq budjet mablag‘larini o‘zlashtirgan, shuningdek, 273 ta gaz hisoblagichi noto‘g‘ri ishlagani oqibatida 861,1 mln so‘m zarar yetkazilgan.