OpenAI kompaniyasi GPT-6 Astra nomli sun’iy intellekt modelini taqdim etdi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida ma’lum qilindi.
Ishlab chiquvchilarning so‘zlariga ko‘ra, yangi model dastlabki o‘qitish, mustahkamlash (reinforcement learning) va sozlash jarayonida olib borilgan ko‘p yillik tadqiqotlarni o‘zida birlashtirgan. GPT-6 dasturlash, kiberxavfsizlik, fan va boshqa professional vazifalar bo‘yicha “ilg‘or” model sifatida taqdim etilmoqda.
Model Texasdagi 100 mingdan ortiq grafik protsessorga ega Stargate markazida o‘qitilgan. OpenAI ta’kidlashicha, GPT-6 o‘qitish jarayonida avvalgi versiyalar muhim rol o‘ynagan ilk model bo‘lgan.
Model onlayn shakllarni avtomatik to‘ldirish, ma’lumotlar bazasidagi yozuvlarni yangilash va taqvimlarni boshqarish imkoniyatiga ega.
Shuningdek, ilmiy ma’lumotlarni tahlil qilish, internet orqali tadqiqot olib borish, veb-ishlab chiqish, ilovalar yaratish va ularni sinovdan o‘tkazish funksiyalari yaxshilangan. Astra oldingi versiyalarga qaraganda vazifalarni tezroq bajara oladi.
Ishlab chiquvchilar modelning foydalanuvchi niyatini anglash va xatti-harakatlarini aniqlash qobiliyatida “sezilarli yaxshilanishlar” bo‘lishini ta’kidlamoqda.
OpenAI ma’lumotlariga ko‘ra, foydalanuvchilar Astra’ga uning qarorlariga ko‘proq ishonch bilan murakkab vazifalarni topshirishlari mumkin.
Modelni sinovdan o‘tkazish uchun yangi baholash usuli ishlab chiqilgan. OpenAI ma’lumotlariga ko‘ra, u iyul oyida mashinaviy o‘qitish vositalarini ishlab chiquvchi Hugging Face kompaniyasi tizimlari buzilganini hisobga olgan holda yaratilgan.
O‘shanda GPT-5.6 Sol va undan ham ilg‘or model asosidagi agentlar kiberxavfsizlik bo‘yicha sinovdan o‘tkazilayotganda “qumloq” (sandbox) chegarasidan chiqib ketgan. Ular benchmarklardan birining yechimini izlash maqsadida Hugging Face infratuzilmasiga kirgan.
GPT-6 Astra pullik ChatGPT tarifidagi barcha foydalanuvchilar uchun (Go tarifidan tashqari), shuningdek, OpenAI API orqali ham mavjud. Neyrotarmoqqa dastlab tasdiqlangan kompaniyalar kirish huquqiga ega bo‘lgan.
Avvalroq Spot OpenAI o‘smirlar uchun alohida ChatGPT versiyasini ishga tushirgani haqida yozgandi.
Versiya 13−17 yoshdagi o‘smirlar uchun kuchaytirilgan xavfsizlik qoidalari va ota-onalar uchun qo‘shimcha nazorat vositalari joriy etilgan.