O‘zbekistonda dollar kursi yana ko‘tarildi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlaridan ma’lum bo‘ldi.
9-sentabrdan amal qiladigan Amerika valyutasining rasmiy kursi 11 813,21 so‘m etib belgilandi. Savdo kuni davomida kurs 23 so‘m 88 tiyinga oshdi.
25-avgust kuni dollar kursi 39 so‘m 55 tiyinga pasayib, 11 778,52 so‘mni tashkil qilib, 2023-yil 10-avgustdagi devalvatsiyadan keyingi eng quyi darajaga tushdi.
8-sentabr holatiga ko‘ra, banklarda sotib olish kursi 11 785−11 735 so‘m, sotish kursi esa 11 860−11 820 so‘m oralig‘ida shakllangan. Dollarni eng yuqori narxda Anorbank av Universalbank (11 785 so‘m) xarid qilmoqda, eng arzon narxda esa Tenge Bank (11 820 so‘m) sotmoqda.
Valyutalar kursining o‘zgarish dinamikasi hamda banklardagi valyuta kurslari bilan batafsil bu yerda tanishish mumkin.
2026-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonga xorijdan $9,3 mlrd pul o‘tkazmalari kelib tushdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13% ko‘p. Shu davrda mamlakatdan $1,33 mlrd mablag‘ yuborilgan bo‘lib, xalqaro pul o‘tkazmalarining ijobiy saldosi qariyb $8 mlrdni tashkil etdi. Bundan tashqari, aholi banklarga sotgan xorijiy valyuta hajmi xarid qilganidan $5,5 mlrdga ko‘p bo‘ldi.