Bank ijtimoiy mas’uliyat doirasida aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan loyihalarini davom ettirmoqda. Bankning Xorazm viloyatidagi yangi tashabbusi ehtiyojmand oilalarni zamonaviy va yashashga tayyor xonadonlar bilan ta’minlashga yo‘naltirilgan.
Loyiha doirasida Shovot tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida 156 ta xonadondan iborat to‘rtta yetti qavatli uylar qurilib, ehtiyojmand oilalarga to‘liq jihozlangan holda topshiriladi.
Loyihani amalga oshirish uchun InfinBANK, Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Xorazm viloyati hokimligi o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolandi. Hamkorlik doirasida uy-joyga muhtoj oilalarni aniqlash, muhandislik-kommunikatsiya hamda huquqiy rasmiylashtirish masalalarini muvofiqlashtirish ko‘zda tutilgan.
Xonadonlar 2027-yilgi Mustaqillik bayrami arafasida bosqichma-bosqich topshirilishi rejalashtirilmoqda.
Xorazmdagi tashabbus InfinBANKning hududlarda amalga oshirayotgan ijtimoiy loyihalarining davomidir. Avvalroq Qoraqalpog‘istonda uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj 101 yosh oilaga yangi xonadonlar kaliti topshirilgan edi.
Reklama huquqlari asosida.


