O‘zbekistonda demografik prognozlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.
Uning qayd etishicha, BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) bilan birgalikda demografik barqarorlik masalalariga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazilgan.
“O‘zbekistonning eng asosiy kapitali — uning yosh avlodi. Ushbu salohiyat kelgusida demografik dividend manbaiga aylanishi uchun bugundanoq har bir insonning, ayniqsa, ayollar va bolalarning salomatligi, ta’limi hamda xavfsizligiga investitsiya kiritishimiz zarur”, — dedi Mirziyoyeva.
Bu boradagi sa’y-harakatlar manzilli va uzoq muddatli bo‘lishini ta’minlash maqsadida demografik prognozlash tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda. Shu bilan birga, Demografik dividend — 2050″ strategiyasini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.







Prezident Administratsiyasi rahbari mamlakat kelajagi nafaqat aholi soni, balki fuqarolarning qanday imkoniyatlarga ega bo‘lishi bilan belgilanishini ta’kidladi.
Avvalroq Spot Saida Mirziyoyeva Jahon savdo tashkiloti bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashgani haqida yozgan edi.






