Yirik texnologik kompaniyaning AT infratuzilmasi faqat uskunalar va tizimlardan iborat emas. Ular o‘rtasida o‘nlab o‘zaro bog‘liqliklar ham mavjud. Bunday infratuzilmani tizimli boshqarish uchun uning tarkibiy qismlarini bilishning o‘zi kifoya qilmaydi. Muayyan vaqtda axborotlashtirish obyekti amalda qanday tuzilganini aks ettiruvchi yagona, rasmiylashtirilgan tasavvurga ega bo‘lish muhim. Click bu yo‘nalishda UZINFOCOM bilan izchil hamkorlik qilmoqda.
Loyihaning maqsadi uskunalarni hatlovdan o‘tkazish yoki qayta hisobga olish emas (uskunalarning amaldagi ro‘yxati va zarur ma’lumotlar Click tomonidan taqdim etilgan). Asosiy maqsad axborot xavfsizligi jihatdan obyektni kompleks o‘rganish va uning texnik pasportini tizimli rasmiylashtirishdan iborat bo‘ldi.
UZINFOCOM mutaxassislari axborot-telekommunikatsiya tizimlari, birlamchi va ikkilamchi texnik vositalar, axborot va fizik xavfsizlik vositalari, xonalar hamda muhandislik infratuzilmasini o‘rgandilar. Olingan ma’lumotlar tekshirildi, tizimlashtirildi va belgilangan tartibda rasmiylashtirildi.
Natijada Click axborotlashtirish obyektning yaxlit modeliga ega bo‘ldi: infratuzilmaga nimalar kirishi, uning asosiy elementlari qayerda joylashgani va ular bir-biri bilan qanday uzviy bog‘langani aniq aks ettirildi.
Loyihaning alohida yo‘nalishi obyektning muhitdagi tuzilishi va muhandislik tizimlarini qayd etish bo‘ldi. Ishlar yakunida asosiy texnik vositalar va tizimlarning joylashuvi, nazorat qilinadigan hududlar chegaralari, muhim kommunikatsiyalar, videokuzatuv va kirishni nazorat qilish tizimlari, elektr ta’minoti hamda yerga ulash elementlari ko‘rsatilgan texnik sxemalar va obyektning ikki o‘lchamli 2D chizmalari tayyorlandi.
Click uchun loyiha natijasi o‘ziga xos “Zero nuqtasi” — infratuzilmaning qayd etilgan boshlang‘ich holati bo‘ldi. Endilikda AT infratuzilmasidagi keyingi o‘zgarishlar va rivojlanish jarayonini shu holat bilan solishtirish mumkin.
“Bunday ishlarning qiymati uskunalar ro‘yxatining o‘zida emas. Muhimi, texnik ma’lumotlar va o‘rganish natijalarini obyektning amaldagi holatini aks ettiradigan hamda keyingi faoliyatda foydalanish mumkin bo‘lgan yagona, tizimlashtirilgan modelga birlashtirishdir”, — deya ta’kidlashdi UZINFOCOM’da.
Loyiha doirasida UZINFOCOM mutaxassislari amaldagi tegishli me’yoriy talablar bilan bog‘liq masalalar yuzasidan ham texnik ko‘mak ko‘rsatdilar.
Ishlar yakunida Click quyidagi hujjat va materiallarga ega bo‘ldi:
- axborotlashtirish obyektining texnik pasporti;
- texnik sxemalar va grafik materiallar to‘plami;
- obyektning 2D chizmalari;
- bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobot.
UZINFOCOM jamoasi barcha ishlarni tezkor tashkil etib, qisqa muddatda Click’ga katta hajmdagi texnik ma’lumotlarni yagona va tushunarli tizimga keltirishda yordam berdi.
Keng ko‘lamli AT infratuzilmasiga ega kompaniyalar uchun bunday faoliyat texnologik infratuzilmani tizimli boshqarishning muhim qismiga aylanmoqda. Texnik pasportlashtirish obyektning muayyan vaqtdagi haqiqiy holatini qayd etish va keyingi ishlar uchun yagona ma’lumot manbasini shakllantirish imkonini beradi.
Eng muhimi, bu aniq boshlang‘ich nuqtani yaratadi: infratuzilma rivojlanishda davom etadi, undagi o‘zgarishlarni esa endilikda avval qayd etilgan va tizimlashtirilgan model bilan taqqoslab, yangilab borish mumkin.
Reklama huquqlari asosida.