Avtomobillar xarid qilish — avtopark faoliyatini boshlashdagi ilk qadamlardan biridir. Shundan so‘ng tadbirkor haydovchilarni topishi, navbatchilik vaqtlari, texnik xizmat ko‘rsatish va hisob-kitoblarni yo‘lga qo‘yishi, shuningdek, safarlar sifatini ta’minlashi kerak bo‘ladi. Park kengaygani sari ushbu jarayonlarning har biri tobora ko‘proq e’tibor talab qila boshlaydi.
Megawatt direktori Bobur Husanov va Omegapark rahbari Ashraf Fattoyev mazkur biznesda turlicha tajribaga ega. Birinchisi avtoparkni BYD’ning O‘zbekistondagi rasmiy dileri bazasida rivojlantirmoqda. Ikkinchisi esa sohaga Moskvada haydovchilik qilish orqali kirib kelgan, u yerda 205 ta avtomobildan iborat o‘z kompaniyasiga asos solgan va keyinchalik Toshkentda ham taksopark ochgan. Ularning har ikkisi Yandex Taxi’ning Impuls qo‘llab-quvvatlash dasturi ishtirokchisiga aylandi.
Dastur qanday tuzilgani va qanday imkoniyatlar ochib berishi haqida Yandex Taxi’ning O‘zbekistondagi rahbari Uran Duyshembiyev so‘zlab berdi.
Uch yillik istiqbolga mo‘ljallangan qo‘llab-quvvatlash
Uranning so‘zlariga ko‘ra, Impuls dasturi avtomobil sotib olib, ularni servisda yo‘nalishga chiqarishga tayyor bo‘lgan tadbirkorlar uchun mo‘ljallangan. Unda ishtirok etish imkoniyatini amaldagi hamkorlar ham, yangi avtopark ochishni rejalashtirayotgan tadbirkor va investorlar ham ko‘rib chiqishi mumkin.
Dastur 36 oyga mo‘ljallangan. Uning shartlari bajarilganda, hamkor har oy to‘lovlar oladi va bu mablag‘larning umumiy miqdori butun ishtirok davrida avtomobil qiymatining 40 foizigacha bo‘lgan qismini qoplashi mumkin. Bundan tashqari, dasturning hamkori bo‘lgan dilerlardan maxsus takliflar ham ko‘zda tutilgan.
Ko‘makdan foydalanish talablaridan biri — dasturda qatnashayotgan har bir avtomobilning oyiga kamida 260 soat yo‘nalishda bo‘lishidir. Bunda gap mashinaning ishlash vaqti haqida bormoqda: taksopark uni turli haydovchilarning navbatchiliklarini hisobga olgan holda tashkil qilishi mumkin. Aniq majburiyatlar va to‘lovlar miqdori shartnomada mustahkamlab qo‘yiladi.
Ta’kidlash joizki, Impuls dasturi bosqichma-bosqich rivojlandi. Sinov loyihasi bitta hamkor bilan boshlangan bo‘lsa, keyingi bosqichda ishtirokchilar soni o‘ntaga yaqinlashdi. Dasturning yangilangan talqinidan endi butun O‘zbekiston bo‘ylab tadbirkorlar foydalanishi mumkin.
Megawatt: o‘nta avtomobildan biznesni kengaytirishgacha
Megawatt avtoparki BYD rasmiy dileri jamoasining tashabbusi bilan tashkil etilgan. Ish boshlashdan oldin jamoa bozorni va Yandex Taxi bilan hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganib chiqdi. Faoliyat Elektro va Komfort+"tariflarida buyurtmalarni bajarish uchun o‘nta BYD Yuan Plus elektromobilidan boshlandi.
Park Impuls dasturiga 2026-yilning may oyida ulandi. Boburning so‘zlariga ko‘ra, shundan so‘ng yana 22 ta avtomobil xarid qilingan. Dasturdagi ishtirok Toshkentda biznesni kengaytirish rejalarining bir qismiga aylandi.
“Biz 32 ta mashina bilan to‘xtab qolishni xohlamaymiz. Bu Toshkentda kelgusidagi kengayishimizga asos bo‘ladi”, — deya ta’kidlaydi Bobur Xusanov.
U shartlarni bajarganlik uchun beriladigan moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni dasturning asosiy afzalligi deb hisoblaydi. Park uchun bu avtomobillar bandligini nazorat qilish va mashinalar muntazam ravishda liniyaga chiqib turishi uchun ishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishga qo‘shimcha rag‘bat bo‘ladi. Dasturga ulangach, jamoa liniyadagi vaqtni diqqat bilan kuzatadigan va navbatchiliklarni rejalashtiradigan bo‘ldi.
Biroq, uning fikricha, mashina xarid qilishning o‘zigina hali barqaror ishni ta’minlamaydi. Tadbirkorga kundalik boshqaruvni o‘z zimmasiga oladigan malakali jamoa zarur.
32 ta mashinaga 100 dan ortiq haydovchi
Bugungi kunda Megawatt’da yuzdan ortiq haydovchi mehnat qiladi. Bobur bunday nisbatni navbatchilik asosidagi ish jadvali bilan izohlaydi: kimdir haftada besh kun, boshqalar esa olti kun yoki “ikkiga ikki” sxemasi bo‘yicha ishga chiqadi. Bundan tashqari, dam olish kunlari hamkasblarining o‘rniga chiqadigan haydovchilar ham zarur. Bu jarayonni tashkil etish mashinani shunchaki ijaraga berib yuborishdan ko‘ra ancha murakkab. Avtopark haydovchilarning vaqti bor-yo‘qligini, mashinalarning holatini hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatish jadvalini inobatga olishi lozim.
Megawatt kengaygani sayin xodimlarni saralash va o‘qitishga jiddiyroq e’tibor qarata boshladi. O‘z servisining mavjudligi va diler bilan o‘rnatilgan aloqa avtomobillarga oid masalalarni hal qilishga yordam beradi, mas’uliyatli haydovchilarni tanlash esa rahbar oldidagi asosiy vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Nomzodlar turli e’lon maydonchalari va amaldagi haydovchilarning tavsiyalari orqali jalb qilinadi. Shuningdek, parkda “Do‘stingni yetaklab kel” referal dasturi ham amal qiladi.
Suhbat chog‘ida nomzodning tajribasi aniqlashtiriladi. Agar u ilgari taksida ishlamagan bo‘lsa, uni instruktor o‘qitadi. Dastlabki uch kun davomida jamoa yangi xodimning ishini kuzatib boradi va jarayonlarni o‘zlashtirishga yordam beradi. Avtomobil parvarishiga alohida ahamiyat qaratiladi. Mashinani topshirish paytida haydovchiga taksopark qoidalari tushuntiriladi, salon tozaligini saqlash va nimalarga diqqat qilish kerakligi ko‘rsatiladi. Har bir navbatchilik almashinuvidan so‘ng avtomobil ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Omegapark: oddiy haydovchilikdan shaxsiy park sari
Ashraf Fattoyevning taksomotor biznesidagi yo‘li O‘zbekistondagi omadsiz yakunlangan boshqa bir loyihadan so‘ng boshlandi. U Moskvaga yo‘l olib, bir nechta yo‘nalishni ko‘rib chiqdi va yakunda taksi faoliyatini ichkaridan o‘rganishga qaror qildi.
Buning uchun Ashraf mashinani ijaraga olib, yigirma kuncha buyurtmalarni o‘zi bajardi. Keyinchalik avtomobillarni keyinchalik sotib olish sharti bilan olib, ularni boshqa haydovchilarga ijaraga bera boshladi. Dastlabki paytlarda u bir nechta vazifani bir vaqtning o‘zida bajardi: ishni tashkil qildi, texnik masalalarni hal etdi va mashina bo‘sh qolganda rulga o‘zi o‘tirdi.
Mashinalar soni o‘n ikkitaga yetgach, Ashraf bor e’tiborini boshqaruvga qaratdi. 2022-yilda yuridik shaxs tashkil etib, avtomobillarni lizingga olishni boshladi. Birinchi partiya qirqta mashinadan iborat bo‘ldi. Park yangilanishi jarayonida avtomobillar sotuvidan tushgan mablag‘ qaytadan biznesga kiritildi. Bugungi kunda kompaniyaning Moskvadagi parkida biznes-klassga oid 205 ta avtomobil mavjud.
Navbatdagi yo‘nalish Toshkent bo‘ldi. Yandex Taxi xizmati bilan hamkorlik shartlari muhokama qilingach, Ashraf bu yerda taksopark ochishga va Impuls dasturiga ulanishga qaror qildi. Shartnoma 2026-yilning avgust oyida tuzildi, ishlar esa 1-sentyabrdanoq boshlab yuborildi. Hozirgi kunga kelib, kompaniya yigirmata avtomobil xarid qildi.
Toshkent uchun alohida model
Moskva tajribasini O‘zbekistonga o‘zgarishsiz ko‘chirishning iloji bo‘lmadi. Ashrafning aytishicha, jamoa turli shart-sharoitlarni sinab ko‘rmoqda, natijalarni baholab, modelni mahalliy bozorga moslashtirmoqda.
Masalan, boshida bitta mashinaga ikkita haydovchini biriktirish rejalashtirilgan edi, ammo dastlabki sxemadan voz kechishga to‘g‘ri keldi: bu tashkiliy jihatdan qiyinchiliklar tug‘dirdi.
Haydovchilar bilan ishlashda park daromadni taqsimlash tizimidan foydalanadi: 35 foizini haydovchi, 65 foizini kompaniya oladi. Shu bilan birga, quvvatlash, yuvish va rahbar aytib o‘tgan boshqa xarajatlarni park o‘z zimmasiga oladi. Haydovchilarga to‘lovlar har hafta to‘lab beriladi.
Haydovchilarning o‘zini ishga qabul qilish esa koll-markaz bilan suhbatdan boshlanadi. Xodimlar nomzodning ilgari qayerda ishlagani, tajribasi, reytingi va buyurtmalarni bajarish tarixini o‘rganadi. Safarlar bo‘yicha yuqori baho va ijobiy fikrlar haydovchining xizmat ko‘rsatish standartlariga qanchalik rioya qila olishini tushunishga yordam beradi. Shuningdek, parkda haydash uslubi ham nazorat qilinib, mashinalar har kuni ko‘rikdan o‘tkaziladi. Buning uchun mexaniklar va xususiy avtoyuvish shoxobchasi bor. Qoidabuzarliklar haydovchi bilan birga tahlil qilinadi; agar ular takrorlansa, hamkorlik to‘xtatilishi mumkin.
Ashraf bunday yondashuvni Yandex Taxi xizmatidagi tanlangan tariflar — “Komfort+” va “Elektro” bilan bog‘laydi. Uning fikricha, park safarning munosib sifatini ta’minlashi shart: bunda avtomobil holatidan tortib rul ortidagi insonning o‘zini tutishigacha barchasi muhim.
O‘sishning keyingi bosqichi uchun moliyaviy ko‘mak
Ashraf Impuls dasturi bo‘yicha to‘lovlarni joriy xarajatlar, ya’ni quvvatlantirish, avtomobillarni yuvish yoki kredit majburiyatlarining bir qismini qoplashga yo‘naltirish mumkin bo‘lgan manba deb biladi.
Misol tariqasida quyidagi hisob-kitob keltiriladi: agar yigirmata avtomobilning har biri oyiga taxminan 2,9 million so‘m to‘lov olish shartlarini bajarsa, umumiy ko‘mak miqdori qariyb 58 million so‘mni tashkil etadi. Bu avtopark uchun belgilangan qat’iy to‘lov emas, balki barcha mashinalar tegishli ko‘rsatkichlarni bajarganda erishish mumkin bo‘lgan natijadir.
Maqsad — Toshkentdagi Omegapark avtomobillari sonini 200 taga yetkazish. Ashraf ishga yollash, xizmat ko‘rsatish va sifat nazoratini yo‘lga qo‘yish bilan bir qatorda avtoparkni ham bosqichma-bosqich kengaytirib borishni rejalashtirmoqda.
Hududlardagi tadbirkorlar uchun imkoniyatlar
Uran Duyshembiyevning ta’kidlashicha, Impuls qo‘llab-quvvatlash dasturining hududlarga yoyilishi mahalliy tadbirkorlarga yangi avtomobillar sotib olish va o‘z parklarini rivojlantirishda qo‘l kelishi kerak.
Dastur o‘zaro bog‘liq ikki maqsadni ko‘zlaydi: sheriklarning biznesini qo‘llab-quvvatlash va foydalanuvchilar uchun safar sifatini oshirish. Agar shu paytgacha dasturni rivojlantirish faqat Toshkent bilan cheklangan bo‘lsa, endilikda bu imkoniyatni butun mamlakat bo‘ylab barcha tadbirkorlar uchun ochiq qilish rejalashtirilmoqda.
Megawatt va Omegapark tajribasi ushbu yordam turli biznes modellarida qanday ishlashi mumkinligini ko‘rsatib bermoqda. Parklardan biri dilerlik jamoasi bazasida o‘sib borayotgan bo‘lsa, ikkinchisi boshqa bozorda to‘plangan tajribani tatbiq etmoqda.
Har ikkala holatda ham faoliyatni kengaytirish haydovchilar, avtomobillar va xizmat ko‘rsatish sifati ustida har kuni qattiq ishlashni talab etadi — aynan mana shu jarayonlargina yangi mashinalarni barqaror ishlaydigan biznesga aylantirishga xizmat qiladi.
Reklama huquqi asosida.






