Aksiyaning birinchi kunida marketpleysdagi yangi foydalanuvchilar soni oyning birinchi haftasiga nisbatan ikki baravar ko‘paydi. Joriy yilda hududlar sotuvga faol qo‘shildi. Milliy marketpleysdagi buyurtmalar soni Surxondaryo viloyatida eng tez — o‘tgan yilga nisbatan 3 barobarga oshdi. Jizzax viloyatida buyurtmalar 2,9 barobarga, Samarqand va Sirdaryoda — 2,8 barobarga ko‘paydi.

Xaridorlar kiyim-kechaklarini faol ravishda yangiladi, oziq-ovqat mahsulotlari xarid qildi, texnikani yangilashdi va uy-ro‘zg‘or buyumlarini tanladi. Birgina 11-noyabr kuni ular 34 mingdan ortiq smartfon, qariyb 4 ming litr kungaboqar yog‘i va 1,4 tonnaga yaqin eruvchan qahvaga buyurtma berdi. O‘tgan yilning 11-noyabriga nisbatan oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talab 4,3 barobar, zootovarlarga 3,5 barobar, kitoblarga bo‘lgan talab esa 3,4 barobar oshgan.

“Yuqori mavsum xaridorlarning odatlari qanday o‘zgarayotganini ko‘rsatadi. Odamlar yirik xaridlarni ham tobora ko‘proq marketpleyslarga ishonib topshirmoqda: foydalanuvchilarimiz kundalik ehtiyoj uchun tovarlar bilan bir qatorda smartfonlar, mebellar, ta’mirlash uchun tovarlar va uy-ro‘zg‘or texnikasiga buyurtma berdi. Uzoq vaqtdan beri yirik xarid qilishni rejalashtirganlar uchun esa „11.11“ uni foydali tarzda amalga oshirish uchun ajoyib imkoniyat bo‘lib, bu yil bizda butun assortimentimizning 70% aksiyada qatnashmoqda” — deydi Uzum Market tijorat direktori Alina Musiyenko.

Chegirmalarga Uzum Tezkor ham qo‘shildi. 11-noyabrning birinchi kunida xizmatdagi buyurtmalar soni o‘tgan yilning shu kuniga nisbatan 2 barobarga oshdi.

Milliy marketpleysdagi chegirmalar 17-noyabrgacha (shu kuni ham) davom etadi.

Uzum Market — 400 milliondan ortiq noyob tovar nomlari mavjud bo‘lgan milliy marketpleysdir. Mamlakatning 800 dan ortiq aholi punktlarida 3000 dan ortiq Uzum Market buyurtmalarni topshirish punktlari faoliyat yuritmoqda. Topshirish punktlarida xaridorlar tovarlarni joyida tekshirishlari mumkin: buning uchun kiyib ko‘rish xonalari, texnikani tekshirish uchun rozetkalar va qadoqni ochish uchun qaychilar mavjud.

Reklama huquqlari asosida.