Xorazm viloyatidagi O‘zbek — Turkman do‘stlik uyi va Ulli hovli majmuasi boshqaruv direksiyasini tashkil etiladi. Bu haqida Vazirlar mahkamasining “Xorazm viloyatidagi O‘zbek — Turkman do‘stlik uyi va Ulli hovli majmuasi boshqaruv direksiyasini tashkil etish to‘g‘risida"gi qarori muhokamasida keltirilgan.

Qarorga muvofiq, quyidagilar direksiyaning asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • majmuaning ilmiy konsepsiyasini ishlab chiqish va uni amalga oshirish;
  • majmuadagi ob’ektlarda turli yo‘nalishlar va mavzularda madaniy-ma'rifiy, etnografik tadbirlarni amalga oshirish, badiiy ko‘rgazmalar tashkil etish, bunda, turli darajadagi ilmiy anjumanlar, festivallar, tanlovlar, yarmarkalar, sayillar o‘tkazib borish;
  • ular haqida nashr materiallarini tayyorlash va ommaviy axborot vositalari orqali keng targ‘ib etish;
  • majmuada ikki xalq do‘stligi mavzusini, uning dastlabki ko‘rinishi va o‘sha davr muhitini aks ettiruvchi doimiy ekspozitsiya-ko‘rgazma yaratish;
  • majmua, qardosh xalqlar haqida batafsil ma’lumotlar bazasini yaratish va uni muntazam yangilab borish, shunga oid kitob va to‘plamlar, video va foto hujjatlar kabi boshqa manbalarni izlash, to‘plash, o‘rganish va targ‘ib etish;
  • yuqori texnologiyalarga asoslangan internet tarmog‘i xizmati hamda
    axborot-resurs markazi faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish;
  • o‘rnatilgan tartibda, majmuaning tarixiy ko‘rinishini saqlagan va unga zarar yetkazmagan holda hududda zarur infratuzilmani shakllantirish, xizmatlar
    xilma-xilligi va sifatini oshirish, bu yerda dam olish va mazmunli hordiq chiqarish uchun qulay sharoitlar yaratish;
  • majmuani madaniy etnografik turistik markazga aylantirish, uning bu boradagi salohiyatini oshirish hamda faoliyatini rivojlantirish yuzasidan
    chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Moliya vazirligi Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda direksiyaning moddiy-texnik bazasini yaratish ta’minlanadi.