“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi tadbirkorlarining davlat xizmatlari sifatidan qoniqqanlik darajasini aniqlash maqsadida o‘tkazilgan so‘rovnomaning natijalarini e’lon qildi.

So’rovnoma ishtirokchilari

So‘rovnomada qatnashgan tadbirkorlarning ko‘pchiligini (92%) erkaklar tashkil etib, ularning qariyb yarmidan ko‘pini (53%) aholining 26 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan qatlami tashkil etdi.

Tadbirkorlarning 3 qismidan ziyodi ishbilarmonlik faoliyati bilan 5 va undan ortiq yildan buyon shug‘ullanayotgan bo‘lsalar, 15% So‘rovnoma ishtirokchilari bu yo‘nalishda 3 yil avval ish boshlaganliklarini ma’lum qilganlar. Ular jami ishtirokchilarning yarmidan ko‘prog‘ini tashkil etadilar (51%). Shu o‘rinda, O‘zbekiston bozorida 1 yildan kam vaqt oralig‘ida faoliyat yuritayotgan “yosh” kompaniyalar 22%.

So‘rovnoma ishtirokchilarining eng muhim sifatlaridan yana biri bu tadbirkorlarning korxonalarida ishlovchi xodimlar soni ekanligini unutmagan holda, ishtirokchilarining 5 dan 4 qismi mikrofirma (xodimlar soni 50 tagacha bo‘lgan firma) egalari hissasiga to‘g‘ri keladi. 14% ishtirokchilar yakka tartibdagi tadbirkorlar bo‘lib, yirik korxona egalari so‘rovnomada 3% ishtiroki bilan u qadar faollik ko‘rsatmaganlar.

Tadbirkorlikni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanishini baholash natijalari

Javoblar u qadar quvonarli emas. O’rtacha qoniqqanlik darajasi 2,3 ballni ham tashkil qilmaydi. So‘rovnomada ishtirok etgan har uchinchi tadbirkor davlat tomonidan hech qanday “yordam"ni his qilmasliklarini ma’lum qilishgan. Aynan ular eng past baho qo‘ygan ishtirokchilar guruhidirlar (56%). Shu bilan birga davlatning qo‘llab-quvvatlash siyosatini “3” bahoga loyiq topgan so‘rovnoma ishtirokchilari har 10 tadan 3 kishi bo‘lib, 10 talikning faqatgina birgina ishtirokchisi ushbu siyosat “yaxshi” yuritilayotganligini, 25 ta ishtirokchidan 1 tasigina “a'lo” darajada ekanligini bildirgan:

Tadbirkorlarning mavjud muammolari

Tadbirkorlar o‘zlarining professional faoliyatlari bilan shug‘ullanishlari davrida Davlat soliq qo‘mitasiga (79%) murojaat qilganlari holda, Qo‘mitadan ikki barobar kam marotaba mahalliy hokimiyat organlari ya’ni hokimiyatlarga (40%) murojaat qilganliklarini 8-diagrammada keltirilgan ma’lumotlardan bilib olishimiz mumkin. Ro‘yxat “uchligini” Davlat bojxona qo‘mitasi yakunlab, 36% ishtirokchilar aynan ushbu tashkilotga murojaat etganliklarini ma’lum qilishgan: