Prezident Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga tashrifi chog‘ida fransuz kompaniyalari bilan bir qator bitimlarga erishildi, deb xabar beradi AFP.
“Veolia” kompaniyasi Toshkent suv tozalash tizimi boshqaruvida va shahar suv ta’minoti tarmoqlarini modernizatsiya qilishda ishtirok etadi. Shartnoma muddati 25 yilni tashkil etilishi rejalashtirilyapti. Bu xususiy kompaniyaning O‘zbekiston suv ta’minoti tizimi bilan birinchi bor shug‘ullanishi holatidir.
“Bouygues” kompaniyasi turizm sohasida qator bitimlar imzoladi. Kompaniya bu yerda mehmonxonalar, motellar (mehmonxonaning bir turi), kurortlar quradi, Buxoro sayyohlik hududi bilan shug‘ullanadi. Shartnoma qiymati 100 million yevroni tashkil qiladi.
“Total” kompaniyasi Samarqand viloyatida quyosh fotoelektr stansiyasi quradi. Bundan tashqari u neftgaz tarmog‘ida ishtirok etib, geologik izlanish ishlarini olib boradi.
“Orano” kompaniyasi O‘zbekiston bilan yadro energetika sohasida qo‘shma korxona tuzishni rejalashtiryapti. Tomonlar yaqin kunlarda bitim bandlarini ishlab chiqishga kelishib olishdi.
“Airbus Helicopters kompaniyasi ma’lum doiradagi bitimni imzoladi. Tafsilotlar oshkor qilinmadi, ehtimol, vertolyotlar yetkazib berish yoki O‘zbekiston hududida ehtiyot qismlarni yig‘ishni tashkil etish haqidadir.
Fransiya taraqqiyot agentligi (AFD), Milliy kosmik tadqiqot markazi (CNES) va Luvr O‘zbekiston bilan notijorat hamkorlik bo‘yicha tuzishdi.
Fransuz banklari “Natixis” va “Crédit Agricole” 500 va 300 million yevrolik kredit liniyasini ajratadi. Bu mablag‘lar Fransiyadan uskunalar sotib olishni istagan O‘zbekiston kompaniyalari uchun kredit sifatida berilishi kutilyapti.
Bundan tashqari, “Vinci”, “Thales Alenia Space”, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan bitim tuzishga erishilganlik haqidagi xabarlar bor. Umumiy summa 5 million yevro deb baholanmoqda.