O‘rta tibbiyot xodimlari Globogate dasturi doirasida Germaniya klinikalarida ishlash uchun taklif etilmoqda.

Dastur 100% bepul bo‘lib, ishtirokchilar 10 oy davomida nemis tilini o‘rganadi va Germaniyada ishlashga tayyorlanadi.

Ish joyi — Germaniya bo‘ylab. Ish vaqti haftasiga o‘rtacha 39 soat, kuniga 8 soatni tashkil etadi. Sinov muddati — 3 oy. Dastur doirasida jami 800 ta bo‘sh ish o‘rni mavjud.

Dastlabki maosh 1 900 yevroni tashkil etadi. Kasbiy malaka Germaniyada tan olingandan keyin, ya’ni 3 oylik davrdan so‘ng, maosh 2500 yevrogacha yetadi.

Dasturda 3 yillik tibbiyot kolleji diplomiga ega, sudlanmagan va sog‘lom, 10 oylik bepul nemis tili kurslarida o‘qishga tayyor hamda dasturdan asossiz ravishda voz kechmaydigan 20−36 yoshdagi nomzodlar ishtirok etishi mumkin.

Qayd etilishicha, dasturga ikki bosqichli tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar qabul qilinadi.

Ishtirokchilarga 10 oylik stipendiya, zamonaviy o‘quv binosida ta’lim olish, turar joy va B2 darajadagi nemis tili sertifikati xarajatlari taqdim etiladi.

Shuningdek, hujjatlarni tarjima qilish va Germaniyada tasdiqlatish, viza va aviachipta, aeroportdan ish joyigacha transfer hamda Germaniyada ishga joylashish xarajatlari qoplanadi.

Nomzodlar uchun ro‘yxatdan o‘tish havola orqali 2026-yil 15-dekabrgacha davom etadi.


Avvalroq Spot Janubiy Koreya O‘zbekistondan tajribali quruvchilarni taklif qilishni rejalashtirayotgani haqida yozgandi.