350/349 -sonli Toshkent-Moskva yo‘nalishida yangi poezd qatnovi 2018 yil 14-dekabrdan boshlab yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu poezd Qoraqalpog‘iston stansiyasi orqali harakatlanadi. Bu haqda “O'zbekiston temir yo’llari” matbuot xizmati Spot’ga ma’lum qildi.

Belgilagan jadvalga ko‘ra yangi Toshkent-Moskva yo‘nalish bo‘yicha qatnovlar haftada bir marta ya’ni har juma amalga oshiriladi.

Shuningdek, 315/316-sonli Toshkent — Yekaterinburg yo’nalishidagi yo’lovchi poezd joriy yilning 8-dekabrdan boshlab Rossiyaning Qozon shahrigacha qatnovni amalga oshiradi.

Poezd belgilagangan jadvalga ko’ra har shanba kunlari Toshkent Markaziy vokzalidan yo’lga chiqib, seshanba kuni Qozon shahriga yetib boradi. E’tiborlisi, shu kunning o’zida yo’lovchi poezdi Qozon — Toshkent yo’nalishi bo’yicha harakatlanadi.