Biometrik pasport va avtomobil raqamlarini endilikda Davlat xizmatlari markazlaridan olish mumkin. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati Spot’ga ma’lum qildi.

Bugungi kunda mamlakat bo’ylab 201 ta aholiga xizmat ko’rsatish punktlari mavjud. Yil davomida ular yuzdan ziyod davlat xizmatlarini fuqarolarga taqdim etadi. 2020 yilgacha ro’yxatni 160 taga kengaytirish rejalashtirilmoqda.

Markazlar mavjud bo’lgan vaqtdan buyon fuqarolarga 5 millionga yaqin turli xizmatlar taqdim etildi. Fuqarolar uchun qo’shimcha qulayliklar yaratish uchun markazlarning ish vaqti 20.00 soatgacha uzaytirildi.

Ko’rsatilgan xizmatlar doirasi kengaymoqda. Endilikda markazdan INN, jinoiy javobgarlik to’g’risidagi guvohnomalar va hokazolarni olish mumkin. Buxoro DXMda avtomobil raqamlari va fuqarolarning biometrik pasportini berish xizmati sinovdan o’tkazilmoqda.

Ilgari Spot xalqaro pasport qanday bo’lishi va uni olish qancha turishi haqida xabar bergan edi.