O‘tgan hafta mobaynida onlayn auksion orqali 695 ta avtomobil raqamlari sotildi. Bu haqda Tovar xomashyo birjasi ma’lumotlarida keltirilgan.

Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 3 milliard so‘mdan oshdi.

Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning qariyb 23% birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 50% ikkinchi va 27% uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.

Xaridorlar tarkibida yetakchilikni Toshkent va Toshkent viloyati avto havaskorlari egalladi va ularning tuzilgan bitimlar sonidagi ulushi 19% ga teng. Keyingi o‘rinda Farg‘ona viloyatining avto havaskorlari 12% ulush bilan joylashdi.

Uchinchi o‘rin Samarqand viloyatining avto havaskorlariga tegishli bo‘lib, ulushi 11% ni tashkil qiladi. Boshqa hududlarning ulushi 58% ga teng.

Ilgari Spot endilikda avtomobil raqamlarini Davlat xizmatlari markazlaridan olish mumkinligi haqida xabar bergan edi.