Moliya vazirligi O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan, realizatsiyasi bo‘yicha aylanmasi qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladigan oziq ovqat mahsulotlari ro’yxatini e’lon qildi:

  • go‘sht (mol, qo‘y, tovuq), shuningdek tirik hayvonlar (chorva mollari, parrandalar) va so‘yib olingan mahsulotlar;
  • baliq;
  • kartoshka;
  • piyoz;
  • tuxum;
  • guruch;
  • shakar;
  • non mahsulotlari (ishlab chiqarish va realizatsiya qilishda).

QQSdan ozod etish bo‘yicha imtiyoz O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan oziq-ovqat mahsulotlarini ulgurji va chakana realizatsiya qilishda qo‘llaniladi.