2019 yil 15 yanvar kuni Germaniyada Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi v.b. Abdulaziz Oqqulov va “Allianz Selbständiger Reiseunternehmer (ASR)” (Mustaqil sayyohlik kompaniyalari ittifoqi) prezidenti Jochen Szech oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Xabarga ko’ra, uchrashuvda O’zbekiston turizm salohiyati bilan tanishish maqsadida tashrif buyuradigan turoperatorlar roʻyxatini tuzish va tashrif chogʻida ikki tomonlama hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida Oʻzbekiston turoperatorlari bilan b2b uchrashuvlari oʻtkazilishi haqida kelishuvga erishildi.

Germaniya Federativ Respublikasidagi Mustaqil sayyohlik kompaniyalari Ittifoqi tarkibiga hozirgi kunda 500 dan ortiq (200 ta turoperatorlar, 200 ta sayohat agentliklari va 100 ta media tashkilotlari va boshqalar) mehmonxona biznesi va aviaqatnovlarni amalga oshiradigan kompaniyalar aʼzo hisoblanadi.