Paxta tolasi eksporti yildan-yilga kamayib bormoqda. 2018 yilda jami 115,6 ming tonna paxta tolasi eksport qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlarida keltirilgan.

2015 yil yanvar-dekabr oylarida paxta tolasi eksporti umumiy eksportning 5,9% ini tashkil etgan b`lib, jami eksport hajmi 503,8 ming tonnaga yetgan bo`lsa, 2016 yilning yanvar-dekabr oylarida jami 416,0 ming tonna paxta tolasi eksport qilingan.

2017 yil yanvar-dekabr oylari natijalariga ko`ra, esa paxta tolasining umumiy eksportdagi ulushi 3,8% gacha kamayib, eksport hajmi 278,9 ming tonnani tashkil qildi.

Mazkur o`zgarish tendensiyasini esa paxta xom-ashyosini yuqori qo`shilgan qiymatga ega bo`lgan to`qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksportga yo`naltirilishi bilan izohlanmoqda.

Ilgari Spot O‘zbekistonda 2025-yilga kelib paxta tolasi eksportidan voz kechish rejalashtirilayotgani haqida xabar bergan edi.