Sut qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etildi, deb xabar beradi Moliya vazirligi matbuot xizmati.

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan sut O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan realizatsiya qilish oborotlari qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladigan oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxatiga kiritildi.

Ma’lum qilinishicha, bu sut sanoati rivojiga qo’shimcha shart-sharoitlar yaratish va qayta ishlash korxonalarini fermer xo’jaliklari bilan kooperatsiyasini kuchaytirish maqsadida amalga oshirildi.

Ilgari Spot go‘sht, baliq, kartoshka, piyoz, tuxum, guruch, shakar va non mahsulotlari qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etilgani (ishlab chiqarish va realizatsiya qilishda) haqida xabar bergan edi.