“O‘zRTXB” AJ ning navbatdagi savdo maydonchasi Shanxay shahrida Xitoynning Xinjiang Asia — Europe International Material Trade Center Co., LTD kompaniyasi negizida ochildi, deb yozadi birja matbuot xizmati.

Yangi savdo maydonchasi Milliy ko‘rgazma markazida joylashgan.

Xitoyda joylashgan birjaning savdo maydonchalarida, birja va auksion savdolari orqali eksport-import operatsiyalarni amalga oshirilishidan tashqari, O‘zbekiston va Xitoyning tovar bozorlarida faoliyat yuritishning turli yo‘nalishlari, shu jumladan logistika va biznesni axborot bilan ta’minlash kabi masalari bo‘yicha konsalting xizmatlari ham ko‘rsatadi.

Hozirgi paytda “O‘zRTXB” AJ ning yangi savdo nuqtalari orqali sotiladigan tovar pozitsiyalarning ro‘yxatini tuzish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda. Xitoyga eksport qilinadigan mahalliy mahsulotlarning dastlabki ro‘yxatiga energiya manbalari va neft mahsulotlari, polietilen, kimyo mahsulotlari, paxta tolasi va momig‘i kabi birja tovarlari kiritilgan.

Ilgari Spot Tovar xomashyo birjasining Xorijiy va Minskdagi savdo maydonchalari ish boshlagani haqida xabar bergan edi.