Butunjahon bankining “Ayollar, biznes va huquq — 2019” tadqiqotiga ko’ra, 187 mamlakat sakkizta asosiy ko’rsatkich — ish haqi, ish bilan ta’minlanganlik, shaxsiy biznesni yuritish, aktivlarni boshqarish, harakatlanish erkinligi, nikoh va farzandlar mavjudligi bo’yicha baholandi.

O’zbekiston 70,6 ball to’plab, Tojikiston 81,8, Gurjiston 79,3, Ukraina, Ozarbayjon va Belorussiya 78,7, Qirg’iziston 76,8, Qozog’iston va Armaniston 75,6 foizga, Rossiya 73,1 dan farqli o’laroq eng past ko’rsatkichni qayd etdi. Gvatemalada va Kongoda ham huddi shunday ko’rsatkich.

Ro’yxatning eng yuqori pog’onalarida Belgiya, Daniya, Fransiya, Latviya, Lyuksemburg va Shvetsiya 100 ball bilan joylashdi.

Avstriya, Kanada, Estoniya, Finlyandiya, Gretsiya, Irlandiya, Portugaliya, Ispaniya va Buyuk Britaniyaga deyarli 100 ball to’pladi (97,5). Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Sudan, Eron va Qatar eng yomon ko’rsatkichlarga ega — 32 dan kam.

Tadqiqotda ko’rsatilishicha, iqtisodiy rivojlanish darajasi va gender tenglik o’rtasida bog’liqlik bor. Misol uchun, 90 va undan yuqori ball to’plagan 39 davlatdan 26 tasi eng yuqori daromadli mamlakatlar qatoriga kiradi — YaIM har yili bir kishi uchun 12 ming $dan ortiq.