Forbes L’Oréal kosmetik imperiyasining merosxo’ri Fransuaza Bettankur-Mayersni dunyoning eng boy ayoli deb ma’lum qildi, deb xabar beradi “РБК”.

Fransuaza Bettankur-Mayersning boyligi 49,3 milliard $ga baholanib, u dunyoning eng boy odamlari ro’yxatida 14-o'rinni egalladi. O’tgan yili Fransuazaning daromadi 17%ga yoki 7,1 milliard $ga ko’paydi.

Uning oilasi kosmetika gigantining 33% aksiyalariga egalik qiladi.

Forbes nashri talqiniga ko’ra, avvalgi dunyodagi eng boy ayol Fransuaza Bettankur-Mayersning onasi va L’Oréal asoschisi Ejen Shyullerning qizi Lilian Bettankur bo’lgan. Lilian 2017 yil sentyabrda 94 yoshida vafot etdi.