Forbes nashri 21 yoshli model Kayli Jennerni tarixdagi eng yosh milliarder deya ma’lum qildi. Bu haqda nashrning saytidagi ma’lumotlarda keltirilgan.

Modelning daromadi 1 milliard $ga baholanmoqda. U ushbu darajaga shaxsiy “Kylie Cosmetics” kosmetika tarmog’i orqali erishgan. 2018-yilda kompaniyaning daromadi 9%ga oshib, 360 million $ni tashkil etdi.

Jenner ijtimoiy tarmoqlar orqali bu muvaffaqiyatga erishganini tan oldi. Jenner o’z brendini 2015 yilda ishga tushirgan bo’lib, birinchi to’plam 30 soniyada sotilgan.

So’nggi rekord 23 yoshida milliarder bo’lgan Facebook asoschisi Mark Sukerbergga tegishli edi.

Jennerdan so’ng opa-singil Alexandra (22 yoshda) va Katarina (23 yosh) Andersenlar o’rin oldi. Ular 1778 yilda tashkil etilgan oilaviy biznesning merosxo’rlari bo’lganliklari sababli self-made toifasiga kiritilmaydilar. Ularning boyligi 1,4 milliard $ga baholanmoqda.