2019 yilning 4 martdan 10 martgacha bo‘lgan davr mobaynida onlayn auksion orqali sotilgan avtomobil raqamlari soni 764 tadan 474 taga kamaydi. Bu haqda Tovar xomashyo birjasi ma’lumotlarida keltirilgan.

Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi deyarli 1,8 milliard so‘mni tashkil qildi.

Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning qariyb 25% birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 44% ikkinchi va 31% uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.

Xaridorlar tarkibida yetakchilikni Toshkent va Toshkent viloyati avto havaskorlari egalladi va ularning tuzilgan bitimlar sonidagi ulushi 27% ga teng. Ikkinchi o‘rinda Buxoro viloyatining avto havaskorlari 12% ulush bilan joylashdi.

Keyingi o‘rin Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarining avto havaskorlariga tegishli bo‘lib, har birining ulushi 10% ni tashkil qildi. Qolgan hududlarning ulushi 41% ga teng.