3−7 iyun kunlari “E-ijro auksion” elektron onlayn-auksion savdolarida boshlang‘ich narxi 1 so‘mga teng qiymatdagi 13 ta bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari, 33 ta yer uchastkasiga bo‘lgan huquq va sud hujjatlarini ijro etish bo‘yicha 25 ta obyekt sotildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar berdi.

Davlat mulki obyektlari

Boshlang‘ich narxi 1 so‘m qilib belgilangan bo‘sh turgan 13 ta davlat mulki obyekti 5 mlrd. 850mln. so‘m investitsiya kiritish, 170 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan 788 mln so‘mga sotildi. Bundan tashqari Surxondaryo viloyatidan 1 ta obyekt sotuvga chiqarildi.

Yer uchastkalariga bo‘lgan huquq

Yer resurslari bo‘yicha elektron onlayn-auksionlarda ushbu haftada jami 33 ta yer uchastkasiga bo‘lgan huquq 12 mlrd. 271 mln. investitsiya kiritish va 130 dan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan 745,36 mln so‘mga sotildi. Hafta davomida 65ta yer uchastkasiga bo‘lgan huquq elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.

Sud hujjatlarini ijro etish bo‘yicha

Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha bo‘lib o‘tgan elektron onlayn-auksionlarda ushbu hafta jami 25ta obyekt 2 mlrd 950,3 mln. so‘mga sotildi. Hafta davomida 22 ta obyekt elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.

Daryo o‘zanlari tozalash xuquqi

Daryo o‘zanlarini tozalashga bo‘lgan huquq realizatsiyasi bo‘yicha ham yuqori ko‘rsatkichlar qayd etildi. Jumladan, hafta davomida jami 6 ta boshlang‘ich narxi 2 mlrd. 226,8 mln so‘mdan bo‘lgan obyektlar 2 mlrd 450,1 mln so‘mga sotildi.Hafta davomida 5 ta boshlang‘ich narxi 2 mlrd. 29 mln so‘mlik daryo o‘zanlarini tozalash uchastkalari auksion savdolariga chiqarilgan.

Metall qazib olish huquqi

Hafta davomida jami 10 ta boshlang‘ich narxi 75 mln. so‘mlik oltin qazib olish bo‘yicha uchastkalar 96,4 mln. so‘mga sotildi. Shuningdek, savdo maydonchasida xozirgi kunda 11 ta boshlang‘ich narxi 82,5 mln.so‘mlik qimmatbaxo metallarni qazib olish xuquqi elektron onlayn-auksion savdolarida realizatsiya qilish uchun joylashtirilgan.