10−14 iyun kunlari “E-ijro auksion” elektron onlayn-auksion savdolarida boshlang‘ich narxi 1 so‘mga teng qiymatdagi 14 ta bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari, 134 ta yer uchastkasiga bo‘lgan huquq va sud hujjatlarini ijro etish bo‘yicha 58 ta obyekt sotildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar berdi.

Davlat mulki obyektlari

Boshlangʻich narxi 1 soʻm qilib belgilangan boʻsh turgan 14 ta davlat mulki obyekti 6 mlrd 300 mln. soʻm investitsiya kiritish, 142 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan 1 117 mln. soʻmga sotildi. Bundan tashqari ushbu haftada respublika boʻyicha 27 ta obyekt sotuvga chiqarildi.

Yer uchastkalariga boʻlgan huquq

Yer resurslari boʻyicha elektron onlayn-auksionlarda ushbu haftada jami 134 ta yer uchastkasiga boʻlgan huquq 122 mlrd. 498 mln. investitsiya kiritish va 790 dan ortiqyangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan 2 mlrd 568,67 mln. soʻmga sotildi. Hafta davomida 106 ta yer uchastkasiga boʻlgan huquq elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.

Sud hujjatlarini ijro etish boʻyicha

Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish boʻyicha boʻlib oʻtgan elektron onlayn-auksionlarda ushbu hafta jami 58 ta obyekt 6 mlrd. 643,3 mln. soʻmga sotildi. Hafta davomida 91 ta obyekt elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.

Daryo oʻzanlari tozalash xuquqi

Yagona elektron savdo maydonchasida daryo oʻzanlarini tozalashga boʻlgan huquq realizatsiyasini amalga oshirish maqsadida 70 ta obyekt savdoga chiqarilgan. Ushbu obyektlarning 3 tasi 892,9 mln. soʻmlik boshlangʻich narx bilan joriy haftada savdoga chiqarildi.

Metall qazib olish huquqi

Hafta davomida jami 11 ta boshlangʻich narxi 82,5 mln. soʻmlik oltin qazib olish boʻyicha uchastkalar 91,12 mln. soʻmga sotildi. Shuningdek, 9 ta boshlangʻich narxi 67,5 mln. soʻmlik qimmatbaho metallarni qazib olish xuquqi elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.