Prezident “O‘zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi hujjatni imzoladi.

Qarorga muvofiq, avtomobil sanoatini jadal rivojlantirish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishni ta’minlash, ilg‘or xalqaro tajriba asosida zamonaviy bozor mexanizmlari va boshqaruv usullarini joriy qilish, shuningdek, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh ishlab chiqarishni yaratish maqsadida bir qator yangiliklar joriy qilindi.

Ulardan biri 2019 yil 1 oktyabrdan keyin tuziladigan shartnomalar bo‘yicha UzAuto Motors AJ tomonidan ishlab chiqariladigan avtomobillarga aksiz solig‘i bekor qilinishidir.

Shuningdek, 1 oktyabrdan boshlab O’zbekistonda ishlab chiqarilgan yangi avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun yig‘im avtotransport vositalari ishlab chiqaruvchilari tomonidan to‘lanadi.

2020 yil 1 martga qadar “Avtomobillar uchun o‘rtacha korporativ yoqilg‘i tejamkorligi” standartini ishlab chiqilib, tasdiqlanadi.

Ilgari Spot GM Uzbekistan kompaniyasi “O'zavtosanoat” “General Motors” kompaniyasining ulushini sotib olganligi uchun nomini UzAuto Motors’ga o’zgartirgani haqida xabar bergan edi.