Uzbekistan Airways 2020 yil 1 apreldan Myunxenga qatnovlarni amalga oshira boshlaydi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qatnovlar har haftaning chorshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Aviachiptalar sotuvi 19 sentyabrdan boshlanadi.

Toshkent-Myunxen-Toshkent yo‘nalishi (borish-qaytish) bo‘yicha ekonom-klass aviachiptalari narxi 520 yevrodan boshlanadi.

O‘zbekiston fuqarolari Germaniyaga kirish uchun oldindan Shengen vizasini olishlari lozim.