2021- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 11 781 tani, shundan qo‘shma korxonalar 5672 ta va xorijiy korxonalar 6109 tani tashkil etmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi axborot xizmati xabar beradi.

2021- yilning 1- yanvar holatiga, xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning sohalar bo‘yicha soni:

Sanoat — 3943 ta;

Savdo — 3113 ta;

Qurilish — 955 ta;

Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi — 673 ta;

Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar — 498 ta;

Tashish va saqlash — 316 ta;

Axborot va aloqa — 315 ta;

Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish — 169 ta.