Ilg’or texnologiyalar markazi Innovatsion rivojlanish vazirligi ko’magida C.A.T. Science Accelerator Biotech Ilmiy akselerator biotexnologiyalar sohasidagi startaplar qabulini e’lon qiladi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi xabar berdi.

Akseleratorga Markaziy Osiyo mamlakatlaridan biotexnologiyalar sohasidagi ilmiy startaplar taklif etiladi.

Quyidagi sohalardagi ilmiy loyihalar akseleratorda ishtirok etishi mumkin:

  • tibbiyot
  • farmakologiya
  • qishloq xo‘jaligi
  • hayot sifatini oshirish.

Akselerator NEF, ONSITE GmgH, LiPatch kabi loyihalarni Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan moliyalashtirgan.

Arizalar qabuli 2021-yilning 5-fevraliga qadar davom etadi va mutlaqo bepul.