2020 yilning so’ngida Vazirlar Mahkamasining “Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimi bosqichma-bosqich joriy etilishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 833-son qarori qabul qilindi.
Unga asosan quyidagilar tasdiqlandi:
— Mahsulotlarni identifikasiya vositalari orqali raqamli markirovkalash va ularning aylanmasini kuzatib borish qoidalari;
— “Asl belgisi” mahsulotlarni raqamli markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimiga texnik xizmat ko‘rsatish va foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
— Alkogol mahsulotlarini raqamli identifikasiya vositalari bilan markirovkalash xususiyatlari to‘g‘risidagi nizom.
Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari tomonidan mazkur qaror bilan tasdiqlangan qoidalar hamda nizomlar talablariga rioya etilishini nazorat qilib borish vazifasi Davlat soliq qo‘mitasi zimmasiga yuklatildi.
Majburiy markirovkalanadigan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilarga markirovka kodlarini taqdim etish yuzasidan xizmatlar ko‘rsatish uchun yagona to‘lov (tarif) miqdori qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olmasdan 1 kod uchun 68 so‘m miqdorida belgilandi.
Qaror talablariga ko‘ra, ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini bosqichma-bosqich joriy etish maqsadida Davlat soliq qo‘mitasi va “CRPT TURON” mas’uliyati cheklangan jamiyat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar asosida davlat-xususiy sheriklik bitimi tuzildi.
Davlat soliq qo‘mitasi Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda mahsulotlarni raqamli markirovkalash bo‘yicha ixtiyoriy eksperimentlar natijalari asosida:
— 2021-yil 30-dekabrga qadar dori vositalari va tibbiy buyumlarni;
— 2022-yil 1-martga qadar suv va salqin ichimliklarni;
— 2022-yil 1-mayga qadar maishiy texnikalarni markirovkalash va kuzatish tartiblarini Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
Ushbu qarorga asosan Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi hamda ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotdi.
Mahsulotlarni markirovkalash qoidalari o’zgardi
Yagona to‘lov miqdori QQS siz 1 kod uchun 68 so‘m miqdorida belgilandi.
Foto: Yevgeniy Sorochin / Spot
«Spot»
- 1 148
- Izoh
- Tavsiya qilish
So‘nggi yangiliklar
Bugun, 14:19 Iqtisodiyot
Samarqandda Xitoy bilan hamkorlikda “Ipak yo‘li” tematik bog‘i tashkil etiladi
Xitoy kompaniyalari O‘zbekistonga mehmonxona brendlarini jalb qilishga qiziqish bildirdi.
Bugun, 13:31 IT
Yevropa Ittifoqi Google’ga rekord darajadagi jarima tayyorlamoqda
Qayd etilishicha, bunga kompaniya qidiruv natijalarida o‘zining shaxsiy xizmatlarini ilgari surayotgani sabab bo‘lgan.
Bugun, 13:00 Biznes
Agrobank hududlarda tadbirkorlar bilan muloqot platformalarini kengaytirmoqda
Tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyatida uchrayotgan muammolarni o‘rganish hamda biznes muhitini yanada yaxshilash maqsadida bank tomonidan hududlarda ochiq muloqotlar tashkil etilmoqda.
Bugun, 12:55 Iqtisodiyot
Toshkentda soliq xodimi tadbirkordan 4 mln so‘m olayotganda ushlandi
U savdo cheki berilmagani bo‘yicha ishni sudga yubormaslik evaziga pul talab qilgan.
Bugun, 11:40 Biznes
Yagona portalda xorijdan kelgan kuryerlik jo‘natmalarini tasdiqlash mumkin bo‘ladi
Qayd etilishicha, foydalanuvchilar jo‘natmaning nomi, og‘irligi va narxi haqida bildirishnomalar oladilar.
Bugun, 11:36 Ta'lim
Kitobxon o‘quvchilarga $50 minggacha mukofot beriladi
2026-yildan maktab o‘quvchilari uchun milliy kitobxonlik harakati o‘tkaziladi. Tanlovning asosiy bosqichlari viloyat va respublika darajasida tashkil etiladi.
Bugun, 11:24 Qonunchilik
O‘zbekistonda 1-iyundan nimalar o‘zgaradi?
Spot iyun oyidan boshlab kuchga kiradigan qonunchilikdagi o‘zgarishlar hamda muhim yangiliklarni bir joyga jamladi.
Bugun, 10:57 Biznes
O‘zbekistonda biznesni kreditlash muqobil skoring platformasi orqali soddalashtiriladi
Ijobiy kredit tarixiga ega tadbirkorlar uchun mikrokreditlarning garovsiz qismi 200 mln so‘mgacha oshiriladi.