AOKAda o’tkazilgan brifingda Markaziy bank raisi o‘rinbosari Bekzod Hamroyev 2020-yilda 127 trln so‘m kredit ajratilganligi va joriy yilda bank kreditlari sifatini oshirish vazifasi belgilanganligini ma’lum qildi.

“Iqtisodiyotda bizda dollarlashuv darajasi yuqori, qariyb 50% atrofida. 2021-yilda kreditlar bo‘yicha dollarlashuv 45% ga tushirish vazifasi qo‘yildi”, deydi Hamroyev. 2021-yilda valyuta bozorida yangicha onlayn platforma joriy qilish, tadbirkorlar va yuridik shaxslar uchun banklarda valyuta oldi-sotdisini osonlashtirish rejalashtirilmoqda. Markaziy bank qoshida moliya sohasidagi Kiberxavfsizlik markazi tashkil etiladi.

Eslatib o’tamiz: O’zbekistonda Kiberxavfsizlik Davlat unitar korxonasi mavjud bo’lib, dastlab NNT sifatida 2013- yilda tashkil topgan. Prezidentning 2018-yil 21-noyabrdagi PQ-4024-son qaroriga muvofiq faoliyat yuritadigan davlat unitar korxonasi shaklidagi tashkilot hisoblanadi. Markaz asosan axborot xavfsizligi sohasida yuzaga keluvchi masalalar yuzasidan faoliyat olib boradi.