“Toshkent shahar suv ta’minoti” MChJ 24-yanvardan ichimlik suvi va shahar kanalizatsiyasidan foydalanganlik uchun tariflar oshirilishini ma’lum qildi.

Toshkent shahar хalq deputatlari Kengashining qaroriga hamda Toshkent shahar hokimligi Moliya bosh boshqarmasining deklaratsiyasiga asosan 2021 yil 24 yanvardan Toshkent shahri boʻyicha yangi tariflar (1 m3 uchun) amalga kiritiladi:

Ichimlik suvi:

  • aholi uchun — 400 soʻm;
  • byudjet muassasalari uchun — 400 soʻm;
  • ulgurji iste’molchilar uchun — 400 soʻm;
  • tijoriy iste’molchilar uchun — 1 000 soʻm.

Kanalizatsiya хizmatlari:

  • aholi uchun — 350 soʻm;
  • byudjet muassasalari uchun — 350 soʻm;
  • ulgurji iste’molchilar uchun — 350 soʻm.