Prezidentning 2019-yil 27-martda “O‘zbekiston Respublikasida elektr energetika tarmog‘ini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida"gi 4249-son qaroriga muvofiq Fransiyaning “Assystem Engineering and Operation Services S.A.S” korxonasi bilan “Uzassystem” loyiha instituti tashkil etildi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar beradi.
Energetika vazirligi boshchiligida ishlab chiqaruvchilar, ekspluatasiya qiluvchi korxonalar hamda loyiha institutlarining yetakchi mutahassislarini jalb qilgan holda 4 ta ishchi guruh tashkil etilib, yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari, podstansiyalar, relye himoyasi va ma’lumotlar almashinuvi hamda elektromagnit moslashuvchanlik yo‘nalishidagi 700 dan ortiq standartlar ko‘rib chiqildi.
Ushbu standartlardan zamon talablariga to‘g‘ri kelmaydigan 536 tasi xalqaro standartlarga almashtirish bo‘yicha “O‘zstandart” agentligiga taklif kiritildi.
Shuningdek, 2021-yilda ham ushbu ishlar davom ettirilib, past kuchlanishli elektr tarmoqlari, quyosh va shamol elektr stansiyalarini tarmoqqa ulash yo‘nalishlari bo‘yicha standartlar ko‘rib chiqilib zamon talablariga moslashtiriladi.
Ushbu standartlarni qabul qilinishi orqali elektr energetika ob’ektlarini loyihalash, qurish va ekspuatasiya qilishni texnik boshqarishda sarf xarajatlarning optimallashtirilishiga hamda elektr tarmoqlarining ishonchliligini oshishiga erishiladi.
Elektr energiya sohasi standartlari qayta ko’rib chiqilmoqda
Ishchi guruhlar zamon talablariga mos kelmaydigan 536 ta xalqaro standartni almashtirish bo’yicha taklif berdi.
Foto: iStock
«Spot»
- 1 198
- Izoh
- Tavsiya qilish
So‘nggi yangiliklar
Kecha, 22:51 Iqtisodiyot
O‘zbekistondagi 10 ta g‘or va tuz konida turistik infratuzilma yaratiladi
2026−2028-yillarda obyektlarda avtoturargohlar, dam olish maskanlari va sanitar-gigiyenik shoxobchalar barpo etilishi rejalashtirilgan.
Kecha, 22:48 Biznes
Farg‘onada tadbirkorga hisoblangan 3,2 mlrd so‘mlik soliq qarzdorligi bekor qilindi
Tadbirkor faoliyatini noqonuniy qayta tekshirgan mansabdorga 17,6 mln jarima qo‘llanildi.
Kecha, 21:00 Biznes
Mercure Xiva shahrida yangi mehmonxona ochdi
Xivada 145 xonali Mercure Khiva mehmonxonasi faoliyatini boshladi. Kaz Development Invest Group tomonidan amalga oshirilgan, qiymati qariyb 26 mln dollar bo‘lgan loyiha Xorazmning turizm infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan.
Kecha, 20:30 Transport
Toshkentda avtobus va metro uchun yangi tariflar tashish tannarxini qisman qoplaydi — poytaxt hokimi
Toshkent shahar hokimligi va Transport vazirligi avtomobil parklari xarajatlarini kamaytirish va tashish samaradorligini oshirish ustida ishlamoqda.
Kecha, 19:51 Energetika
Isitish mavsumida gazlashmagan hududlarda elektr bo‘yicha bazaviy me’yor 350 kVt·soatga oshiriladi
Elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya muddati 2028-yil 1-aprelgacha uzaytiriladi. Bu orqali yiliga 470 ming oila qamrab olinadi.
Kecha, 18:35 Energetika
Lukoyl O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirishni rejalashtirmoqda
Shavkat Mirziyoyev va kompaniya asoschisi Vagit Alekperov energetika sohasidagi amaldagi va istiqbolli loyihalarni muhokama qildi.
Kecha, 18:25 Transport
Transport boshqarmasi Toshkentdagi avtobuslarda validatorlar bloklanishiga izoh berdi
Idora yo‘lovchilar uchun to‘lovni amalga oshirishda qulay sharoit yaratish bo‘yicha takliflar e‘tiborga olinishini bildirdi.
Kecha, 17:42 Moliya
Dollar kursi yana ko‘tarildi
Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi 12,34 so‘mga oshib, 11 790,79 so‘mni tashkil etdi.