2019-yilgi davlat dasturi doirasida Investisiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Tashqi savdo vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Iqtisodiyot vazirligi, Innovasiya vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank hamkorligida Invest in Uzbekistan portali ishga tushirilgan edi. SSP investitsiya muhitini yaxshilash hamda xorijiy sarmoyalarni jalb qilish maqsadida loyihaning afzallikalari haqida ma’lumot berdi.

“Invest in Uzbekistan” loyihasining afzalliklari

O’zLiDeP partiyasi S. Verenin’S Legal Group yuridik firmasi bilan hamkorlikda mamlakatimizga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun sharoit yaratish bo’yicha O’zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan qo’yilgan vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan “Invest in Uzbekistan” loyihasini yaratdi. Ushbu loyiha doirasida www.invest-in-uzbekistan.org portali hamda uning mobil versiyasi — Tayyor.biz ilovasi yaratildi.

Loyihaning asosiy maqsadi:

• eksportga yo’naltirilgan mahsulotlarning mahalliy brendlarini ishlab chiqarishga ko’maklashish, chet el investitsiyalari ishtirokidagi o’zbek korxonalarining eksport ta’minotini rag’batlantirish.

• investitsiya shartnomalarini tuzish bilan kichik kapital bozorlarida, ko’rgazma va yarmarkalarda qatnashishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga yordam berish, jalb qilingan xorijiy investitsiyalar ishtirokida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan yangi kapital bozorlariga chiqishni va yangi turdagi mahsulotlarni eksport qilishni ta’minlash.

• xorijiy investorlarning, O’zbekiston Respublikasining tadbirkorlik subyektlarining, shu jumladan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini ta’minlash.

• Xalqaro savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalarni mustahkamlash, davlat idoralari va O’zbekistonning kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari o’rtasida xorijiy kapital ishtirokidagi shartnomaviy-huquqiy munosabatlarni takomillashtirish bo’yicha tadbirlarni o’tkazish.

Batafsil ma’lumotlar batafsil ravishda taqdimotda berib o’tilgan.