Chevrolet Equinox sotuvi to’xtatiladi
Yangilangan versiya shu yildan sotuvga chiqishi mumkin.
Foto: Spot
“Uzauto Motors” kompaniyasi yangilash strategiyasi sababli Chevrolet Equinoxning hozirgi avlodi ishlab chiqarilishi to’xtatiladi.
Shu munosabat bilan ushbu avtomobil modelini yetkazib berish bo’yicha shartnomalar olish uchun arizalarni rasmiylashtirish to’xtatildi.
“UzAuto Motors” AJ kompaniyasi dilerlik tashkilotlari bilan birgalikda mijozlar oldidagi majburiyatlarining to’liq bajarilishini va Chevrolet Equinox avtomobillarini harid qilish uchun avvaldan shartnoma tuzgan so’nggi mijozlarga to’liq yetkazib berilishini ta’minlaydi.
Avvalroq Spot Chevrolet Trackerning yangi rusumi sotuvga qo’yilganligi haqida xabar bergan edi.
Kecha, 21:00 Iqtisodiyot
Tahlilchilarning fikricha, mamlakatga valyuta oqimining kirib kelishi so‘m barqarorligiga yordam beradi. Biroq, uning mustahkamlanishi import tovarlarining arzonlashishiga ta’sir qilmasligi mumkin. Yil oxiri bilan dollar kursi 12 700−12 800 so‘m atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Kecha, 17:45 Iqtisodiyot
Senator mamlakatda dastlabki to‘rt oyda qo‘y go‘shti 15,2%, mol go‘shti esa 14,6% ga qimmatlashgani, bu o‘tgan yilga nisbatan mos ravishda 32,3% va 30,5% ni tashkil etganini ma’lum qildi. Mutasaddilar talabni qondirish va narxlar barqarorligi uchun qanday choralar amalga oshirilishini tushuntirdi.