Mail.ru Group, USM, “МегаФон” (Alisher Usmonovga tegishli) kompaniyalari Alibaba kompaniyasi tarkibida bo’lgan Ant Group va Rossiyaning to’g’ridan-to'g'ri investitsiyalar jamg’armasi hamkorlikda ikkita yangi korxona ochishga kelishib olishdi. Bu haqida VTimes xabar beradi.

Mavzuga doir: USM Telekom va MegaFon O‘zbekiston bozoriga kirib kelmoqda: Davlat aktivlarini boshqarish agentligi orqali yangi qo’shma korxonaga Ucell aloqa operatorining 100% ulushi topshiriladi.

Tomonlar yuridik hujjat imzolagan. 2021-yilda korxonalardagi ulushlarni bo’lish olish bo’yicha operatsiyalar tugashi rejalashtirilmoqda. Muzokaralar so’ngida korxonalarning 50 foizdan yuqori miqdori Rossiya kompaniyalariga tegishli bo’ladi deya ta’kidlnmoqda. Korxonalar To’lov tizimi va moliyaviy hamkorlik asosida tashkil etiladi. Unga ko’ra:

To’lov kompaniyasi

Mail.ru group tomonidan 4,5 mlrd rubl miqdordagi summani “Деньги.Мэйл.Ру” va VK Pay to’lov tizimlariga joylashtiradi. Servislar Mail.ru Group ekotizimining bir qismi bo’lib qoladi va yangi kompaniyaning ustavidagi 40 foizga egalikni qo’lga kiritadi.

Moliyaviy qo’shma korxona

USM tomonidan mablag' va aktivlar, jumladan “АСК Ренессанс”, “Банк Раунд” “ИнПлат” internet to’lovlari xizmatlarining 100 foizni aktivlari kiritildi. Mail.ru Group 870 mln rubl mablag' evaziga kompaniyaning 5,95 foiz ovozlariga ega bo’ldi.

Boshqa aksiyadorlar — Ant Group, Rossiya investitsiyalar fondi va “MegaFon” — har ikkala yangi kompaniyalarga pul va aktivlarni qo’shadilar. Ularning sarmoyalari va bitimning qolgan tuzilishi haqida ma’lumot berilmagan.

Mavzu bo’yicha: Xitoy hukumati Ant Groupga IPO o’tkazishga ruxsat berdi: ammo buning uchun Alibabadan ajralib chiqish talab etilmoqda.