Markaziy bank moliyaviy savodxonlik bo‘yicha Telegram, Facebook, Instagram, Tiktok va Youtube ijtimoiy tarmoqlarida Finlit.uz rasmiy sahifalari ishga tushirdi. Bu haqida bank matbuot xizmati Spotga xabar berdi.

Xabar berilishicha, sahifadagi oddiy, interaktiv, qiziqarli va “edutainment” shaklidagi ma’lumotlar moliyaviy savodxonlikga erishish uchun zarur bilimlarni oshirishga va foydali moliyaviy odatlarni rivojlantirishga yordam beradi.

MB aholi va yuridik shaxslarni savodxonligini oshirish maqsadida, vazirlik va boshqa idoralarni hamkorlikka taklif qildi.