Aeroflot yo’lovchilariga Toshkent aeroportida Self check-in otkazish xizmatlari ochildi, deya xabar beriladi O’zbekiston Aeroportlari AJ veb sahifasida.

Islom Karimov nomidagi Toshkent aeroportida oldin o’rnatilgan Self check-in xizmatlari endi Aeroflot (Rossiya) yo’lovchilari uchun ham mavjud. Oldin bu xizmat faqat Turkish Airlines yo’lovchilari uchun taqdim etilgan edi.

Hozirda Toshkent aeroportida, lekin kelajakda mamlakatning barcha xalqaro aeroportlarida ishga tushadigan kiosklar quyidagi xizmatlarni taqdim etadi:

  • O’zi o’zini ro’yxatdan o’tkazish;
  • Samolyotda joy tanlash;
  • Samolyotga chiqish chiptasini olish.

Ushbu xizmatdan samarali foydalanish uchun O’zbekistonga parvozlarni amalga oshiradigan barcha aviakompaniyalarga takliflar yuborilgan.