Prezidentning “2020 — 2023-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ- 4889-sonli qarori doirasida “Qoraqalpoq-agro” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etiladi.

EIZ Respublikaning Amudaryo, Bo’zatov, Kegeyli, Qo’ng’irot, Mo’ynoq, Nukus, Taxnatosh, To’rtko’l, Xo’jayli, Shumanay va Ellikqal’a tumanlarining hududida barpo etiladi.

Erkin zona mahalliy va to’g’ridan- to’g’ri investitsiyalarni jalb qilish orqali amalga oshiriladi.

EIZ qurilishida Moliya vazirligi, AOKA, “O'zbekiston temir yo’llari” AJ, Avtomobil yo’llari qo’mitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi birgalikda “Yo'l xaritasi” tuzishga ishtirok etishadi.

Avvalroq Spot, Farg’onada Bangladesh kompaniyalari uchun maxsus erkin iqtisodiy zona tashkil etilishi mumkinligi haqida yozgan edi.