2-martda “Uzauto Motors” kompaniyasi OAV vakillari uchun press-tur tashkil etdi. Press-turda ishlab chiqarishni O‘zbekistonda o‘zlashtirish mumkin bo‘lgan B va SUV-B segmentdagi yangi modellar — Chevrolet Tracker va Onix mehmonlarga namoyish etildi.

Maxalliylashtirish doirasida bu yilning o‘zida 200 dan ziyod butlovchi detallarni ko‘chirib keltrrish rejalashtirilgan. Bu esa mahsulot tannarxini yiliga 100 mln. dollarga pasaytirish imkonini beradi.

Xabarda mikrosxemalar muammosi xam ko‘tarildi. Ularni yetkazib berish bo‘yicha muammolar “Uzauto Motors” ning 2021- yilning 2 choragi ish faoliyatiga ham ta’sir ko‘rsatgan.

Ushbu vaziyatni GM prezidenti va strategik bozorlar, alyanslar va distribyutorlar bo‘yicha boshqaruvchi direktori Kristian Sommer ham shunday sharhladi:

“GM global yetkazib berish tizimi boshqaruvi yetkazib beruvchilar bilan ularning yarimo‘tkazgichlar sohasidagi talablari uchun yechim topish va GM hamda sheriklarimiz, jumladan UzAutoMotors uchun ta’sirini yumshatish borasida yaqindan hamkorlik qiladi”, — qayd etdi u. “Niyatimiz har bir korxonada imkon qadar ko‘proq ishlab chiqarish yo‘qotishlarining o‘rnini to‘ldirishdan iborat. Hozirda biz vaziyat shu yilning ikkinchi yarmidayoq barqarorlashuviga aminmiz”.

Shuningdek, SAP tizimining asosiy bosqichi yakunlangani sababli, “Uzauto Motors” AJ sotuvi 12 fevralda to‘xtatilgan Spark, Nexia, Cobalt va Lacetti avtomobillariga kontraktatsiyani joriy yil 3 martdan yana yo‘lga qo‘yadi.