2020-yilning oktyabr oyida “Ant Group” tarixda eng katta bo’lgan fond birjasida joylashtirishga tayyorgarlik ko’rgan edi. Ammo, Xitoy hukumati aralushividan so’ng, Shanxay va Gonkong fond birjalari IPO ni to’xtatdi. Bu haqida Bloomberg xabar beradi.

Buning natijasi — xodimlarning ishdan ketishi bo’ldi. Kompaniyaning bir qator xodimlarida uning aksiyalari bor. Qimmatbaho qog’ozlar esa ko’pchilik ishchilarning daromadini katta qismini tashkil qiladi. IPO dan oldin Ant xodimlari uchin qayta sotib olish dasuturini to’tatdi.

Natijada IPO buzilganidan keyin, kompaniya o’zining qog’ozlari qiymatini baholay olmaydi, shuning uchun ularni sotib ololmaydi.

IPO dan oldin kompaniyaga qo’shilgan ba’zi xodimlar ishdan bo’shab ketishdi, boshqalar esa muvaffaqiyatli IPO ni kutib, kreditlar olishgani hamda hozirda qiyin moliyaviy ahvolga tushganlari xabar beriladi.

Fond birjasida jarayonni qayta tiklash uchun kompaniya Xitoy hukumati shartlariga rozi bo’lishi kerak. Regulyatorlar bilan birgalikda kompaniya qayta qurish rejasini ishlab chiqdi: unga ko’ra, Ant moliyaviy xolding bo’ladi va banklar uchun talablarga javob beradi.

Ammo IPO ni qayta tiklashga qodir bo’lsa ham, Ant dastlab kutilganidan ancha past miqdorda baholanadi. Bloomberg Intelligence tahlilchisi Frensis Chan Antning qiymatini 108 milliard dollardan kamroq deb baholamoqda — bu kompaniyaning IPO oldidan bahosidan taxminan 60% past.

Avvalroq Spot, Xitoy hukumati Ant Group faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi qonun qabul qilgani haqida yozgan edi.