“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Toshkent — Olmaota — Toshkent yo’nalishi bo’yicha doimiy aviaqatnovlarni ko’paytirganini e’lon qildi.

Qatnovlar 7-martdan boshlab qoʻshimcha ravishda payshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi:

Payshanba kunlari:

  • Toshkent — Olmaota yo’nalishi bo’yicha uchish — 15:00, qo’nish — 17:30;
  • Olmaota — Toshkent yo’nalishi bo’yicha uchish — 18:30, qo’nish — 19:10.

Yakshanba kunladi:

  • Toshkent — Olmaota yo’nalishi bo’yicha uchish — 8:25, qo’nish — 10:55;
  • Olmaota — Toshkent yo’nalishi bo’yicha uchish — 11:55, qo’nish — 12:35.

Avvalroq Spot “SCAT Airlines” O’zbekiston bilan yangi aviaqatnovni yo’lga qo’ygani haqida yozgan edi.