IT Park xotin-qizlar startapi uchun onlayn intensiv tashkil qilmoqda. Bu haqida IT Park rasmiy sayti xabar beradi.

Joriy yilning 1-aprel kuni USAID loyihasi koʻmagida IT Park tomonidan tashkil qilingan “Tumaris Tech” loyihasi doirasida xotin-qizlar startap loyihalari uchun bir qator vebinar va treninglar shaklida onlayn intensiv kurs bo‘lib o‘tadi.

Kurs davomida siz startaplarni rivojlantirish, investitsiya jalb qilish haqida bilib olasiz, shuningdek, jamoa shakllantirish bo‘yicha amaliy treningda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Buning barchasida sizga quyidagi tajribali mutaxassislar yordam beradi:

  • Alina Rozanova (Gruziya) — startapni rivojlantirish haqida so‘zlab beradi.

Brend strategi, jamiyat asoschisi va kommunikatsiya bo‘yicha mentor, mintaqadagi nufuzli startap konferensiyalar tashkilotchisi (“EMERGE Conference 2019” Minsk, Tbilisdagi “Touch Digital Summit 2019” va “Startup Touch 2020”)

  • ️Olga Filatova (Rossiya/Xitoy) — startapga investitsiya jalb qilish haqida o‘z bilimi bilan bo‘lishadi.

U InvestRelations Asia kompaniyasi asoschisi, investitsiya sohasida ko‘p yillik tajribaga ega ekspert.

  • Lola Sayfi (O‘zbekiston) — jamoa shakllantirish bo‘yicha trening o‘tkazadi.

Tijorat sohasida ekspert va Human House Gallery — madaniyat va san’atni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashdan manfaatdor jamoatchilikni tuzgan innovatsion madaniy platforma asoschisi.

Sana: 2021-yil 1-aprel, Vaqt: soat 15:00.

Ro‘yxatdan o‘tish bu yerda.

Avvalroq Spot, Astana Hub “Invest Day” dasturiga arizalar qabul qilishni boshlagani haqida yozgan edi.