Dengiz yo’li orqali yetkazib berish muddatining cho’zilishi va narxlarning ko’tarilishi temiryo’l tizimiga bo’lgan ehtiyojni oshirib — pandemiyadan so’ng Xitoy iqtisodiyotini qayta tiklanishi uchun katta zamon yaratdi.

Joriy yilning o’tgan 2 oyi mobaynida Xitoydan Yevropaga 2000 dan ortiq yuk tashuvchi poyezdlari jo’natilgan, bu o’tgan yilning shu davrdagi nisbatiga ko’ra 2 baravar ko’pdir.

Xitoy kompaniyalari vakillari bilan suhbat olib borilganda, Yevropaga yuklarni temiryo’l orqali yetkazish ortiqcha harajatlarni oldini olib, yuk kechikib borishidan qochishga imkon beradi, deya fikr bildirishdi.

Sport anjomlari ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan birining savdo bo’yicha mutaxassisi sifatida ishlaydigan Nina Fangning jurnalistlarga aytishicha, 2020-yil o’rtalarida dengiz orqali yuk tashish narxi sezilarli darajada oshgan, tranzit muddati esa ikki baravarga uzaygan.

Ushbu holat kompaniyaning fransuz va nemis mijozlarini g’azablantirdi, bu esa Fangni temir yo’l orqali mahsulot yetkazib berishga yo’naltirdi.

Shanxaydagi agent Fiona Vangning ta’kidlashicha, koronavirusga qarshi vositalar, elektronika va fitnes anjomlari quruqlik orqali yetkaziladi. Chunki bu mahsulotlarga talab yuqori va ularni havo orqali yetkazib berish noqulaylik tug’diradi.

Shuningdek, temiryo’l orqali tovarlar yetkazishga bo’lgan talab 23-mart kuni Suvaysh kanalining berkilganligi sababli ham kuchaydi. Ever Given kemasi sayozlikka chiqib qolib, o’nlab kemalar qatnovini to’sib qo’ydi. Bu hodisa orqali dunyo savdosi kuniga $9,6 mlrd zarar ko’rdi.

Hozirga kelib Ever Given sayozlikdan olib tashlandi, ammo kanal orqali faoliyat qachon tiklanishi noma’lumligicha qolmoqda.

Ushbu hodisa yuk tashish narxlarining sezilarli darajada oshishiga olib keldi va transport kompaniyalarini muqobil yo’nalishlarni ishlab chiqishga majbur qildi.

Temir yo’l transporti tobora ommalashib borayotganiga qaramay, ular hali ham Xitoy umumiy eksportining oz qismini tashkil etadi. Yanvar oyida o’zida Yangshan portiga 2 millionga yaqin konteyner yuklangan, 2021-yilning dastlabki ikki oyida temir yo’l orqali 209 ming konteyner jo’natilgan, deya xabar beradi FT.

Avvalroq Spot, Ever Given bilan yuzaga kelgan holat jahon iqtisodiyotida qanday o’zgarishlar olib kelishi haqida mutaxassis bilan bo’lishgan edi.