Davlat aktivlarni boshqarish agentligi yirik davlat aktivlari bo‘yicha ommaviy savdolar jarayonlari boshlanganini e’lon qiladi.

Savdolar ikki bosqichda o‘tkaziladi:

  1. talabgorlar oldindan malakalanadi , jumladan, savdolarda qatnashish uchun talab qilingan hujjatlarning to‘liqligi, zakalat puli kelib tushganligi, davlat aktivlaridan kelgusida foydalanish yo‘nalishlariga qo‘yilgan talabga nisbatan talabgor tomonidan taklif etilgan biznes konsepsiyasi loyihasining maqbul yoki maqbul emasligi ko‘rib chiqiladi;
  2. talabgorning tijorat takliflari (sotib olish narxi va to‘lovni amalga oshirish muddati) hamda to‘lov qobiliyati baholanadi.

Savdoning birinchi bosqichida ishtirok etish uchun talabgorlar 2021-yil 30-aprel soat 18:00 ga qadar ko‘rsatilgan elektron manziliga taqdim etiladi:

1-bosqichda ariza shakli yuridik shaxslar va jismoniy shaxslar uchun.

Savdoning ikkinchi bosqichiga o‘tgan talabgorlar to‘g‘risida agentligi tomonidan o‘zining rasmiy veb saytida e’lon chop etilgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida savdoning ikkinchi bosqichida qatnashish uchun mazkur e’lonning 2-ilovasidagi ariza namunasi to‘ldirilib (tasdiqlangan holda) takliflar taqdim etiladi.

2-bosqichda ariza shakli yuridik shaxslar va jismoniy shaxslar uchun.

Sotuvga qo’yilgan obyektlar:

  1. “Poytaxt biznes majmuasi” MCHJ mulkiy majmuasi
  2. “Ichan qal’a” mehmonxona majmuasi
  3. “Beldirsoy oromgohi” dam olish maskani
  4. “Sijjak” dam olish maskani
  5. “Qizil suv sport sog‘lomlashtirish” MCHJ
  6. “Malika” savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi
  7. “Gazetalar ishlab chiqarish majmuasi binosi”
  8. “Ma'muriy bino” (Sobiq Respublika birja markazi)

Batafsil ma’umot Davaktivning rasmiy saytida o’qish mumkin.