Spotify Clubhousening raqibi hisoblangan Locker Room ilovasini sotib olganligi haqida e’lon qildi. Endilikda qo’shiq mualliflari, podkaster chiqaruvchilar va boshqa muxlislar Spotifyda xonalar tashkil etib muloqot qilish imkonini qo’lga kiritadilar.

Spotify bitim shartlarini oshkor qilmadi. Kompaniya shuni ta’kidladiki, u kengroq foydalanuvchilar uchun mo’ljallanmoqda. Sotib olish orqali ilova foydalanuvchilarga sport, musiqiy va madaniy dasturlarni eshitishni va ijodkorlar bilan xabarlashish imkonini beradi.

“Ijrochilar va muxlislar Spotifyda jonli tarzda aloqa o’rnatishni so’rashdi va biz ularni istagini inobatga olib, ushbu qulaylikni taqdim qilmoqdamiz”, dedi Gustav Syoderstrem, Tadqiqot va Loyihalash bo’limi rahbari.

Boshqa yirik kompaniyalar allaqachon Clubhouse analoglarini ishlab chiqmoqdalar, masalan Facebook.

Ma’lumot uchun, Spotify fevral oyining oxirida O’zbekistonga kirib kelgan edi. “Spotify” bu — onlayn formatdagi millionlab musiqa, video va podkastlarni birta platformada qulay qilib taqdim qiladigan ilova. Dunyo bo’ylab san’atkorlar va qo’shiqchilar ilovaga o’z ijodlarini yuklashlari mumkin.