12- aprel kuni Alibaba aksiyalari Nyu-York fond birjasida 9,3 foizga o‘sdi, deya xabar bermoqda “Bloomberg”. Unda aytilishicha, bu Alibaba asoschisi Jek Ma boyligini deyarli $2,3 milliardga ko‘paytirdi va mazkur o‘sish qariyb to‘rt yil ichidagi eng muhimi hisoblanadi.

“Bloomberg” hisob-kitoblariga ko‘ra, hozirda xitoylik tadbirkorning umumiy mablag‘lari taxminan $52,1 milliardni tashkil etadi.

“Forbes” jurnali esa bu borada biroz boshqacharoq fikrda, Jek Maning boyligi oxirgi voqealar sabab $2,2 milliardga ko‘payib, umumiy $49,5 milliardni tashkil qilmoqda. Jurnal xitoylik tadbirkorni dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida 24-o‘ringa kiritmoqda.

Alibaba aksiyalarining o‘sishi Xitoy regulyatorining kompaniyaga qarshi antimonopol tekshiruv natijalarini e’lon qilganidan keyin yuzaga kelgan. Undirilishi kerak bo‘lgan jarima miqdori $2,8 milliardni tashkil etmoqda. Bu miqdor kompaniyaning 2019-yilda Xitoy hududida amalga oshirgan savdolarining atigi 4% ini tashkil etadi xolos.